Grem Potter "Chelsi" yangi sport direktori borasida qarorni qabul qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

"Chelsi" tez orada Kristof Froynd klub sport direktori etib tayinlanganini e'lon qiladi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, London klubi Froyndning o'zi bilan ham, "Zaltsburg" bilan ham o'tishning barcha tafsilotlarini kelishib olgan. Kelishuvning rasman tasdiqlanishi vaqt masalasidir.
Qayd etilishicha, uning nomzodini “ko'k-anorranglilar” bosh murabbiyi Grem Potter ma'qullagan.
45 yoshli Froynd 2015 yildan beri "Zaltsburg"ning sport direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
"Chelsi" hozirda 10 ochko bilan APL turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218