Gvardiola: "Maxrezning avvalgi versiyasiga qaytishini intizorlik bilan kutyapman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 69

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Riyod Maxrezning o'z ritmga to'liq kirishini va o'zining eng yaxshi formasiga qaytishini kuta olmaydi.
"Maxrez "Vulverxempton"ga qarshi juda yaxshi o'ynadi. Riyodning o'zining avvalgi versiyasiga aylanishini intiqlik bilan kutaman”, dedi Gvardiola “Bo'rilar” ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozonganidan so'ng matbuot anjumanida.
Maxrez yangi mavsumda Angliya Premer-ligasining 6ta o'yinida birorta ham samarali harakati bilan ajralib turmadi. Oxirgi marta jazoirlik futbolchi “shaharliklar” tarkibida Chempionlar ligasi yarim finalida “Real”ga qarshi o'yinda gol urgan edi.
Yozda Maxrez "Manchester Siti" bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi.

Bosh sahifaga
216