"Bavariya" Nagelsmanning o'rniga boshqa murabbiy topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Dortmundning "Borussiya", "PSJ" va Londonning "Chelsi" klublarining sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel Germaniya chempionatiga qaytishi mumkin.
Bild nashrining xabariga ko'ra, Bundesliga startida yomon natijalar ko'rsatayogan "Bavariya" klubi Tuxelning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Mahalliy chempionatning so'nggi to'rtta uchrashuvida Yulian Nagelsmann shogirdlari birorta ham g'alaba qozona olmadi. Etti tur natijalariga ko'ra, "Bavariya" 12 ochko to'pladi va turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Tuxel shu oy boshida chempionatni yomon boshlanganidan so'ng "Chelsi" bosh murabbiyligidan bo'shatildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212