Legionerlarimiz. Bobur Abduholiqovning jamoasi g'alaba qozondi, Amirbek Baqoevda qizil kartochka
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

Belarus chempionatida to'p surayotgan Bobur Abduholiovning jamoasi - "Energetik-BGU" safarda "Shaxtyor" jamoasi mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvning 40-daqiqasida Grishenko tomonidan kiritilgan yagona gol mehmonlarga g'alaba olib keldi.
Amirbek Baqoev 90-daqiqada qizil kartochka olib, Belarus chempionatidagi debyutini muvaffaqiyatsiz boshladi.
Ushbu bellashuvda Bobur Abduholiqov uchrashuvning 67-daqiqasida o'z o'rnini Amirbek Baqoevga bo'shatib berdi.
"Shaxtyor" — "Energetik-BGU" — 0:1
Gol: 0:1 — Grishenko (40).
"Shaxtyor": Chernik, Shimunovich (Shevchenko, 46), Politevich, (Xadarkevich, 33), Zabelin, Antich, Korzun, Yuzepchuk (Vitor Feyjan, 82), Chernyak, Divanovich, Plakka, Skaviish (Podstrelov, 61).
"Energetik-BGU": Makavchik, Lukashevich, Xusanov, Lavrik, Silinskiy (Pliev, 61), Riilach, Svirepa, (Omelyanchuk, 72), Papariga (Turich, 53), Makushinskiy, Grishenko (Chul, 57), Abduxoliqov (Baqoev, 67).
Chetlatish: Baqoaev ("Shaxtyor")


Bosh sahifaga
277