Liga 1. Messining goli “PSJ”ga “Lion” ustidan g'alaba taqdim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87

"PSJ" Frantsiya chempionatining 8-turi doirasidagi o'yinda "Lion"ni minimal hisobda mag'lub etdi - 1:0.
Hal qiluvchi gol muallifi parijliklar hujumchisi Lionel Messi bo'ldi. U uchrashuvning 5-daqiqasidayoq hisobni ochdi.
"PSJ" 22 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. "Lion" qatorasiga uchinchi mag'lubiyatga uchradi va oltinchi o'rinda qoldi (13 ochko).
Lion – PSJ 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 5 Messi.
Lion – Antoni Lopesh, Gyusto, Tiago Mendes, Lukeba, Talyafiko, Tete (Sherki, 75), Tolisso (Lepenan, 46), Kakre (Ren-Adelaid, 75), Lyakazett, Dembele, Toko-Ekambi (Barkolya, 87).
PSJ – Donnarumma, Xakimi, Ramos, Danilu Pereyra, Markinos, Mendesh, Verratti (Mukiele, 64), Fabian Ruis (Vitinya, 57), Messi, Neymar (Soler, 86), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Verratti (39), Donnarumma (90).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
244