Rasman! De Zerbi "Brayton" bilan 2026 yilgacha shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66

"Brayton" 18 sentyabr kuni rasmiy saytida yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi. Ular italiyalik mutaxassis Roberto De Zerbi bilan shartnoma imzoladi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, mutaxassis bilan shartnoma 2026 yilgacha tuzilgan.
O'tgan mavsumda 43 yoshli mutaxassis "Shaxtyor"ni boshqargandi. Bungacha u 2018 yildan 2021 yilgacha “Sassuolo”ni boshqargan.
Grem Potter "Chelsi" bilan 5 yillik shartnoma imzolaganidan keyin "Brayton" murabbiysiz qoldi.
Ayni damda “chag'alaylar” 6 o'yindan so'ng 13 ochko jamg'argan holda Premer-liga turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244