Abraxam: "Mourino meni hech qachon maqtamaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino haqida gapirdi.
“Mourino eng yaxshi murabbiylardan biri. U har bir futbolchiga qanday yondashishni biladi. Lekin mening vaziyatimda u meni hech qachon maqtamaydi. Uchrashuvlardagi tanaffus paytida men undan dalda beruvchi so'zlarni olmayman, garchi ichimda: "Bilasizmi, men maydonda juda yaxshi harakat qilyapman" deb o'ylasam ham. U har doim sizning yaxshiroq o'ynashingizni xohlaydi", - dedi Abraxam Daily Mail nashriga.
Joriy mavsumda futbolchi A Seriyada 6 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225