De Bryuyne Jerrardning natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79

"Manchester Siti" pleymeykeri Kevin de Bryuyne "Liverpul" sobiq sardori Stiven Jerrardning APLdagi golli uzatmalari bo'yicha rekordini takrorladi.
Kecha "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda (3:0) ikkita golli uzatma tufayli belgiyalik futbolchi 92-golli uzatmani amalga oshirdi. Xuddi shuncha uzatmani Jerrrard ham qayd etgan.
Daily Mail tabloidiga ko'ra, bu ko'rsatkichni qayd etish uchun De Bryuynega 287 ta Jerrardga 507 o'yin kerak bo'lgan.
Bu ko'rsatkich bo'yicha rekordchi "Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz hisoblanadi. Uelslik futbolchi Premer-ligada 162 ta golli uzatmaga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220