Arauxo "Barselona"ning maqsadi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo jamoasining La Liganing 6-turida "Elche"ga qarshi kechgan g'alabali o'yini (3:0) haqida fikr bildirdi.
"Bugun g'alaba qozonish muhim edi, biz turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilishni istaymiz, bu bizning asosiy maqsadimiz - imkon qadar yuqori bo'lish. Ular yaxshi o'ynashdi, bu maydonda ko'rindi va natija juda zo'r”, - deya Arauxoning so'zlaridan iqtibos keltiradi klub matbuot xizmati.
Kataloniyaliklar olti uchrashuvda 16 ochko bilan ketma-ket beshinchi g'alabadan so'ng Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda, bir ochko bilan “Elche” so'nggi, 20 pog'onada bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226