Chempionlar ligasi finali AQShda o'tkazilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80

Evropa chempionlar ligasi finali keyingi mavsumlarda Amerika Qo'shma Shtatlarida o'tkazilishi mumkin. Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatdi.
Shu paytgacha EChL finali faqat Evropaning o'zida o'tkazib kelingan. Ammo finalni AQShda o'tkazish iqtisodiy jihatdan katta foyda keltiradi. Shu bois, UEFA va klublari yangi daromad topish maqsadida ushbu g'oyani ko'rib chiqishmoqda. Evropa klublar assotsiatsiyasi kelasi haftada Istanbulda yig'ilish o'tkazib, ushbu loyihani muhokama qilishi kutilmoqda.
Manbaga ko'ra, FIFA mazkur loyihadan xabardor. Hozircha final qachondan boshlab AQShda o'tkazilishi aniq emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226