Abraxam A Seriya va APLni taqqosladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam Angliya va Italiya chempionatlarini taqqosladi. Futbolchi avvalroq "Chelsi"da o'ynagan.
"Bu ikki ligada boshqalarda bo'lmagan fazilatlar mavjud. Italiya futboli ko'proq taktikaviy. Jamoalar sizni iloji boricha ko'proq gol urishingizga to'sqinlik qilmoqchi. O'ylaymanki, ular asosan gol urishning oldini olishga e'tibor berishadi, bu esa, albatta, hujumchining ishini qiyinlashtiradi. Shuningdek, men qanday qilib jarima zarbalari ishlab olishni tezroq o'rganishim kerak", - dedi Abraxam.
Futbolchi 2021/2022 yilgi mavsum boshlanishidan oldin "Chelsi" dan "Roma" ga 40 million evroga o'tdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221