"Roma" himoyachisi jiddiy jarohat oldi. U operatsiya qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79

“Roma” himoyachisi Rik Karsdorp Evropa ligasi doirasida Finlyandiya XIK jamoasiga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi, deb xabar bermoqda Rim klubi sayti.
Futbolchiga chap tizzasidagi meniskning shikastlanishi tashxisi qo'yilgan. Tez orada u operatsiya qilinadi.
Joriy mavsumda 27 yoshli niderlandiyalik “Roma” safida 5 ta o'yinda maydonga tushishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270