Ter Shtegen "Barselona" safida eng ko'p maydonga tushgan xorijlik futbolchilar orasida 3-o'ringa chiqib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86

Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen "Elche"ga qarshi o'yinda "Barselona" uchun 335-o'yinini o'tkazdi.
Nemis futbolchisi xorijlik futbolchilar orasida “blaugrana” safida maydonga tushganlar soni bo'yicha yaqqol uchinchi o'ringa chiqib oldi. Faqatgina 2021 yilda jamoani tark etgan hujumchi Lionel Messi va o'tgan yozda faoliyatini yakunlagan himoyachi Dani Alvesda ko'proq - mos ravishda 778 va 408 o'yin bor.
30 yoshli darvozabon bugun sobiq himoyachi Xaver Maskeranodan o'zib ketdi (334 ta o'yin).
Ter Shtegen 2014/15 yilgi mavsumdan beri "Barselona" safida to'p tepadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237