"Real" Nadal va Federer o'rtasidagi tennis o'yinini tashkil qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 73

"Real Madrid" Rojer Federer va Rafael Nadal o'rtasidagi o'yinni yangilangan "Santyago Bernabeu"da tashkil qilmoqchi.
AS xabariga ko'ra, Madrid klubi 2023 yilning yozida stadionda ta'mirlash ishlari yakunlangach, ko'rgazmali o'yin tashkil etishni rejalashtirgan.
Yig'iladigan maysa "Real Madrid"ga har qanday turdagi tadbirlar uchun zarur bo'lgan har qanday maydonni o'rnatishga imkon beradi.
Eslatib o'tamiz, Nadal “Real”ga muxlislik qiladi.
Federer yaqinda faoliyatini yakunlashini e'lon qildi. Uning so'nggi turniri kelasi haftada Londonda bo'lib o'tadigan Leyver kubogi bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239