"Chelsi" va Kante o'rtasida nima uchun yangi shartnoma jarayoni to'xtab qolgan?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Chelsi" yarim himoyachi N'Golo Kante bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni hali davom ettirgani yo'q.
London klubi 31 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma tuzmoqchi. Futbolchining o'zi kamida 3 yillik shartnomani xohlaydi.
Tomonlar muzokaralarni vaqtinchalik to'xtatib qo'ygan va u hali davom ettirilmadi. Kantening "ko'klar" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287