Kilian Mbappe frantsuz futbolchilari orasida EChL rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Evropa Chempionlar Ligasining 2-turida «Makkabi»ga qarshi kechgan bahsda (3:1) gol urishga muvaffaq bo'ldi.
23 yoshli Kilian EChLda ketma-ket oltita o'yinda gol urgan ilk frantsuz futbolchisiga aylandi. Bu oraliqda futbolchi 8 ta to'p kiritishga erishdi.
Bu Mbappe uchun «PSJ» safida mazkur musobaqa doirasidagi 30-gol bo'ldi. Kilian bu borada Edinson Kavanining rekordini takrorladi.
EChLda «PSJ» safida eng ko'p gol urgan futbolchilar reytingida keyingi o'rinlarda Neymar va Zlatan Ibrahimovich (20 tadan gol) bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256