Tavaresh: "Arsenal"da faqat kubok bahslarida o'ynaganman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Marsel" himoyachisi Nunu Tavaresh Londonning "Arsenal" tarkibida boshidan kechirgan qiyinchiliklari haqida gapirdi.
"Arsenal"da men faqat kuboklarda o'ynaganman. Muammo nimada ekanligini bilmayman. Ehtimol, bu Kiran Tirni bilan raqobatda edi. Men "Marsel"ga barcha musobaqalarda o'ynash uchun kelganman: Chempionlar ligasida ham, chempionat va kuboklarda ham", - deya Tavareshning so'zlaridan iqtibos keltiradi Afc Stuff.
Tavaresh o'tgan yozda Lissabonning "Benfika" klubidan "Arsenal"ga o'tgan edi. “Marsel” uchun Frantsiya chempionatida futbolchi allaqachon 6 ta o'yinda 3 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284