"Monako" o'zining ikki nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

"Monako" klubi o'z futbolchilari - Kayo Enrike va Vandersonlar bilan yangi shartnoma imzolangani haqida rasman xabar berdi. Braziliyalik futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Vanderson shu yilning yanvar oyida "monegasklar" safiga qo'shilgan edi, u "Gremio"dan 11 million evroga sotib olingandi. "Monako" libosida u 26 ta uchrashuv o'tkazib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Enrike "Monako" klubiga 2020 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. U "Atletiko Madrid"dan sakkiz millionga sotib olindi. Braziliyalik futbolchi "Monako" safida 87 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239