Tavaresh "Marsel" uchun muvaffaqiyatli tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

"Arsenal" himoyachisi Nuno Tavaresh "Marsel"ga o'tish uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi, deb yozdi jurnalist Fabritsio Romano.
22 yoshli portugaliyalik 2023 yilning iyuniga qadar ijara asosida "Marsel"ga o'tadi. Kelishuvga ko'ra, futbolchining huquqlarini keyingi yozda sotib olish ko'zda tutilmagan.
Himoyachining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 15 million evroga baholamoqda.
Tavaresh o'tgan mavsumda "Arsenal" tarkibida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
293