18 nafar sportchi oliy o'quv yurtiga imtiyozli ravishda qabul qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1230

Kecha, 30 aprel kuni Andijon shahrida dzyudo bo'yicha jismoniy tarbiya yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlariga kirish huquqini beruvchi O'zbekiston chempionati yakunlandi.
Ikki kun davom etgan musobaqada maktab, litsey hamda kollejlarning bitiruvchilari tatamiga chiqishdi.
O'zbekiston chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 306 nafar (239 o'g'il, 67 qiz) sportchi 18 ta vazn toifasida bellashdilar.

Ushbu musobaqada birinchi o'rinni hamda oliy o'quv yurtlariga kirish imtiyozini qo'lga kiritgan yosh dzyudochilar bilan tanishing:
O'smirlar:
-50 kg: Bunyodbek Rajabboev (Buxoro);
-55 kg: Timur Abishev (Toshkent sh);
-60 kg: Bobur Vajiev (Toshkent v);
-66 kg: Tolibjon Komilov (Farg'ona v);
-73 kg: Ramazon Allaberdiev (Toshkent sh);
-81 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov (Qashqadaryo);
-90 kg: Ernazar Sarsenbaev (Qoraqalpog'iston);
-100 kg: Shoxrux Mamarasulov (Surxondaryo);
+100 kg: Jamshid Baxtiyorov (Toshkent v);
Qizlar:
-40 kg: Muxayo Amanova (Jizzax);
-44 kg: Lida Alimova (Jizzax);
-48 kg: Xoljon Baxmatova (Xorazm);
-52 kg: Zuxraxon Mamurjonova (Andijon);
-57 kg: Sumbula Rozimboeva (Xorazm);
-63 kg: Zuxra Suyunova (Navoiy);
-70 kg: Malikaxon Qahorova (Andijon);
-78 kg: Anorova Shohista (Jizzax);
+78 kg: Sabrina Qo'ldoshova (Navoiy);

Bosh sahifaga
272