"Arsenal" sport direktori: "Markinos uzoq muddatli loyihaning bir qismi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Arsenal" sport direktori Edu Gaspar Braziliyaning "San-Paulu" klubidan "kanonirlar"ning joriy mavsumdagi ilk transferiga aylangan Markinosning jamoasidagi rolini tushuntirib berdi.
"Biz juda ehtiyot bo'lishimiz kerak. Markinos uzoq muddatli loyihaning bir qismi, u moslashishi va asta-sekin jarayonga qo'shilishi kerak.
Biz xotirjammiz, men uning oilasiga u uchun katta rejalarimiz borligini aytdim. Biz Markinosga g'amxo'rlik qilamiz", - deya Gasparning so'zlarini keltirgan jurnalist Fabritsio Romano.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193