Anchelotti: "Menga qanotdagi Ryudiger yoqdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning kadrlar masalasi bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Alaba kerak bo'lgandagina chapda o'ynaydi. Men o'tgan yilgi markaziy himoyachilar juftligini o'zgartirishni xohlamayman.
Menga qanotdagi Ryudiger yoqdi ("Barsa"ga qarshi o'yinda). Lekin yo'q, men aqldan ozgan emasman, bu uning pozitsiyasi emasligini bilaman. Biroq, Antonio juda aqlli. U bu rolni o'ynashi va Alaba bilan o'rnini almashtirishi mumkin.
"Real Madrid"da raqobat kuchli, bizda o'yinchilar ko'p. Hozir tarkibimiz o'tgan mavsumga qaraganda yaxshiroq. Mashg'ulotlarning shiddatliligi oshdi", - deya izoh berdi Anchelotti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195