"PSJ" ikki transferni yakunlash arafasida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"PSJ" "Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh va "Leyptsig" himoyachisi Nordi Mukiele bo'yicha muzokaralarning so'nggi bosqichida.
L'Equipe xabariga ko'ra, klub ikkala shartnomani 27 iyul chorshanba kuniga qadar yakunlamoqchi. Sport direktori Luis Kampos klub Frantsiyaga qaytganidan so'ng yangi kelganlarning jamoaga qo'shilishini istamoqda. Hozircha "PSJ" Yaponiya bo'ylab safarini yakunlamoqda.
Avvalroq Sansheshning transferi taxminan 20 million evroga baholangandi. 24 yoshli portugaliyalikning "Lill" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha hisoblangan va uning o'zi hali yakuniy qarorga kelgani yo'q.
Mukielega kelsak, 24 yoshli qanot himoyachisi "PSJ" bilan hamkorlik shartlarini kelishib olgan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million evro.

Bosh sahifaga
192