Xavi: "Frenki markaziy himoyachi pozitsiyasiga moslasha oladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Frenki de Yongning jamoani tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.
Avvalroq, OAVda "Manchester Yunayted" futbolchi bilan muzokara olib borayotgani, biroq futbolchining o'zi "Barsa"ni tark etishni istamagani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
“Men hech kimga xabar yubormayman. U markaziy himoyachi pozitsiyasiga moslasha oladi. Men uni futbolchi sifatida juda qadrlayman. U bilan juda muhim suhbatlarim bor, ularni oshkor qilmayman.
Qolaversa, klubda iqtisodiy vaziyat bor, ammo u markaziy himoyachi sifatida o'ynasa, bizga ko'p narsa berishi mumkin”, - deya Xavidan iqtibos keltiradi Sport.es.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190