"Manchester Yunayted" niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi, biroq u de Yong emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

"Manchester Yunayted" "Inter"ning niderlandiyalik himoyachisi Denzel Dyumfrisga qiziqish bildirmoqda, deb yozdi jurnalist Ekrem Konur.
Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi allaqachon futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Oldinroq italiyaliklar futbolchini 30-35 million evroga baholayotgani xabar qilingandi.
26 yoshli Dyumfris o'tgan mavsumda "Inter" safida barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262