"PSJ" o'z xavbekiga qancha narx belgiladi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

"Yuventus" klubi yarim himoyachi Leandro Paredes bo'yicha "PSJ"ga taklif bilan chiqdi.
Corriere dello Sport xabariga ko'ra, italyan klubi 28 yoshli argentinalik uchun bonuslarni hisobga olmaganda 15 million evro taklif qilgan. "Yuventus" futbolchini majburiy sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi.
Ayni paytda parijliklar Paredes uchun kamida 20 million evro olishni istashayotgani xabar qilingan.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2019 yildan beri "PSJ"da to'p tepmoqda. U o'tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 22 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187