Og'ir atletika: Nigora Suvonova Osiyo chempioni, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova 3tadan medal qo'lga kiritishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87

Xabaringiz bor, ayni kunlarda yurtimizda og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
Bugun 5 nafar atletimiz supachaga chiqishdi. Quvonarlisi, ularning barchasi shohsupaga ko'tarildilar. Iqtidorli vakilalarimizdan biri Nigora Suvonova -81 kg vazn toifasida ham o'smirlar, ham yoshlar toifasida barcha yo'nalishlar bilan hisoblaganda jami 6 ta oltin medalga sazovor bo'ldi.
O'smirlar:
-81 kg vazn toifasida Nigora Suvonova barcha yo'nalishlarda 3ta oltin medal bilan 1-o'rinni egalladi – 212 (95+117) kg;
+102 kg vazn toifasida Nurbol Abdurashidov 3ta kumush medalni qo'lga kiritdi – 316 kg (145+171) kg;
+81 kg vazn toifasida Xushnoza Xoliqova barcha yo'nalishlarda sovrindor bo'ldi, 3ta bronza – 185 (95+104) kg.
Yoshlar:
-81 kg vazn toifasida Nigora Suvonova bu gal ham barcha yo'nalishlarda, ya'ni dast ko'tarish mashqida, siltab ko'tarish mashqida hamda ikkikurash natijasiga ko'ra 1-o'rinni egalladi – 212 (95+117) kg.
Bugungi dasturlarda avvalroq, yoshlar o'rtasida -102 kg vazn toifasida Sharofiddin Amriddinov 3ta oltin, Qudratbek Salimjonov 2ta bronza medalni qo'lga kiritgan edi. Bundan tashqari, o'smirlar o'rtasida Qudratbek Salimjonov 3ta kumush medalni o'z nomiga yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
186