Kunde transferiga u qo'shilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Barselona" Memfis Depayni "Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde bilan shartnomaga qo'shmaydi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Oldinroq kataloniyaliklar 28 yoshli gollandiyalik futbolchidan shu yozda qutulishni rejalashtirayotgani va uni Kunde bilan kelishuvga qo'shishga qarshi emasligi, bunga Londonning "Chelsi"si ham da'vogarlik qilayotgani xabar qilingandi.
Depayning narxi 35 million evroga baholangan bo'lsa, 23 yoshli frantsiyalik futbolchining narxi 60 mlnga teng.
Gollandiyalik futbolchi o'tgan mavsum “Barselona” safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187