"Borussiya" Pyontekga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89
Dortmundning “Borussiya” klubi “Gerta” hujumchisi Kshishtof Pyontekga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning tvitterida xabar berishicha, dortmundliklar 27 yoshli polyakning ehtimoliy transferi haqida ma'lumot so'ragan.
Pyontek o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Gerta"dan ijara asosida "Fiorentina"da o'tkazdi. Forvard italyan klubi safida 18 ta uchrashuvda 6 ta gol urdi.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 12 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!