Pogba "Yuventus" mashg'ulotlarida jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoaning AQShdagi mashg'ulotlarida jarohat oldi, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport.
Manba bergan xabarga ko'ra, 29 yoshli frantsiyalik futbolchi mashg'ulot maydonini "byakonerlar"lar bosh murabbiyi Maksimiliano Allegrining yordamchilari ko'magida tark etgan.
Taxminlarga ko'ra, futbolchining o'ng tizzasida muammolar bor, ammo jarohat jiddiy emas. Futbolchi 1 - 2 kun mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishi mumkin, shundan so'ng u jamoa bilan ishlashga qaytishi kerak.
Pogba shu yozda erkin agent sifatida "Yuventus"ga o'tdi va klub bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Yarim himoyachining avvalgi jamoasi “Manchester Yunayted” edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!