Neymar: "Bizni qiyin mavsum kutmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

"PSJ" hujumchisi Neymar 2022/23 yilgi mavsumga tayyorgarlik haqida gapirib, JCh-2022da muvaffaqiyatli ishtirok etishi muhimligini ta'kidladi.
“Bizni qiyin mavsum kutmoqda, biz tayyorgarlik ko'rishimiz kerak, ammo men ko'ryapmanki, jamoa yaxshilanmoqda. Endi asosiy vazifa 31 iyul kuni bo'lib o'tadigan "Nant"ga qarshi Frantsiya Superkubogi uchun o'yin. Shaxsan mening oldimga Qatardagi jahon chempionatiga o'zimning eng yaxshi formamda kirishish vazifasi qo'yilgan”, — deya Neymarning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Braziliya terma jamoasi Qatarda bo'lib o'tadigan 2022 yilgi jahon chempionatida Serbiya, Shveytsariya va Kamerun terma jamoalari bilan birga G guruhida ishtirok etadi.
Turnir 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar davom etadi.

Bosh sahifaga
188