"Bavariya" bu yozda yana bir hujumchisini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Bavariya" hujumchi Joshua Zirkzeeni sotishga tayyor.
Manbaga ko'ra, 21 yoshli niderlandiyalik myunxenliklar bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanning rejalariga kiritilmagan.
Avvalroq futbolchiga "Bolonya' "Ayaks", PSV va bir qator Premer-liga klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
O'tgan mavsumda Zirkzee "Anderlext"da ijara asosida o'ynadi. Hujumchi jamoa safida barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda 18 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 11 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194