«Real»ning «Barselona»ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibi bilan tanishing
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan «Real» va «Barselona» klublari bugun AQShda o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi. Anchelotti mazkur bahs uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.
Himoyachi Dani Karvaxal va hujumchi Karim Benzema ushbu ro'yxatdan o'rin olishmadi. Himoyachida engil jarohat mavjud bo'lsa, frantsiyalik futbolchi kam mashg'ulot o'tkazgani uchun hali yaxshi formaga kirishga ulgurmadi.
«Real»ning «Barselona»ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibi:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Luis Lopes, Lukas Kanisares.
Himoyachilar: Eder Militao, Devid Alaba, Xesus Valexo, Nacho Fernandes, Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi, Alvaro Odriosola, Vinisius Tobia.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Fede Valverde, Lukas Vaskes, Orelyan Chuameni, Dani Sebalos, Eduardo Kamavinga.
Hujumchilar: Eden Azar, Marko Asensio, Vinisius Djunior, Rodrigo Goes, Mariano, Xuanmi Latasa.
O'yin bugun Toshkent vaqti bilan 08:00da boshlanadi.

Bosh sahifaga
181