"Atletiko" 16 yoshli portugaliyalik iqtidor bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

"Braga" vingeri Rojer Fernandesh "Atletiko"ning e'tiborini tortdi, deb xabar beradi A Bola.
Ispanlar yaqin kunlarda futbolchi uchun taklif bilan chiqishlari kutilmoqda. "Braga" uni 40 million evroga baholamoqda, ammo "matraschilar" shartnomaga uchta futbolchini kiritmoqchi, ulardan biri ijaraga beriladi.
"Braga" allaqachon "Borussiya Dortmund" va "Ayaks" takliflarini rad etgan, "Nyukasl" ham unga qiziqish bildirishmoqda.
Fernandesh Portugaliya chempionati, kubogi va superkubogi tarixidagi eng yosh debyutant, shuningdek, "Braga" tarixidagi eng yosh gol muallifi hisoblanadi. O'tgan mavsumda u 28 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180