"Barselona", "Real" va "Yuventus" prezidentlari Superligani qayta tiklash masalasini muhokama qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

Las-Vegasda uch klub rahbarlari Evropa Superligasi loyihasini muhokama qilish uchun uchrashdi, deb xabar beradi FCBN.
Uchrashuvda "Barselona" prezidenti Joan Laporta, "Real" prezidenti Florentino Peres va "Yuventus" prezidenti Andrea Anelli ishtirok etdi. Tomonlar turnirni jonlantirish uchun Evropa Superligasiga qanday o'zgartirishlar kiritish kerakligini muhokama qilishdi.
Eslatib o'tamiz, 2021 yilning aprel oyida Evropaning 12 klubi Evropa Superligasi tashkil etilganini e'lon qilgan edi. Biroq oradan ikki kun o'tib, bir qancha jamoalar turnirni tark etishdi va loyiha to'xtatildi.
Aprel oyida Madriddagi xo'jalik sudi UEFA va Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning yangi turnir tashkil etishni rejalashtirayotgan klublarga nisbatan sanktsiyalar qo'llashiga to'sqinlik qilgan choralarni bekor qildi.

Bosh sahifaga
180