So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ayollar futboli. Jingalaksoch aut ustasi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
Ayollar futbolida ham to'pni yon chiziqdan uzoqqa tashlab berishi bilan tanilgan Rori Delapdan qolishmaydigan ijrochi bor - Sveyndis Yonsdottir.
«Volfsburg» ayollar jamoasi o'yinlari shu qizning «otishma»lari tufayli ham e'tiborga arziydi.
Sveyndis Jeyn Yonsdottir - «Volfsburg» klubi va Islandiya terma jamoasi a'zosi. U joriy yil Bundesliga chempioniga aylandi, o'tgan mavsum esa Islandiyaning eng yaxshi ayol futbolchisiga atalgan sovringa ega chiqqandi. Bugun Angliyada boshlanadigan ayollar o'rtasidagi Evropa chempionatida Islandiya jamoasini o'z ortidan ergashtirishga shay turgan Sveyndis atigi 21 yoshda. Shunga qaramay, islandiyalik baquvvat qo'llar sohibasi ayollar futbolida allaqachon eng yorqin o'yinchilar qatoriga qo'shilgan. U ayniqsa, to'pni yon chiziqdan kuchli va effektli tarzda tashlab berishi bilan nom qozongan. Jeyn Yonsdottirning ijrosidan keyin ko'pincha «Volfsburg» raqibining jarima maydoni ichida xavf yuzaga keladi. Binobarin, u yon chiziqdan to'pni darvozabon hududiga shu qadar kuch bilan uloqtiradiki, go'yo, burchak zarbasi amalga oshirilgandek tasavvur uyg'onadi. «Tvitter»da hattoki, Yonsdottirni zamonaviy futbolda to'pni autdan eng uzoq masofaga tashlab beradigan ijrochi sifatida maqtashmoqda.
2007-2013 yillar oralig'ida «Stok Siti» sharafini himoya qilgan irlandiyalik Rori Delap aynan yon chiziqdan to'p uloqtirishi bilan futbol tarixiga kirdi. Uning g'ayrioddiy mahorati kamtarin jamoaga APL yo'llanmasini yutishda rosa qo'l keldi. Raqib jamoalar murabbiylari Delap ijrosidagi «otishma»larni ko'pincha burchak yoki jarima zarbasiga qiyoslashardi. Darvoqe, Rori bolaligida nayza uloqtirish sporti bilan shug'ullangan va bu keyinchalik uning futbolchilik faoliyatida katta rol o'ynagan.
Manba: «Interfutbol» gazetasi