"Chelsi" futbolchisi: "Ahmoqona jarohat olgandim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

"Chelsi" yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoi jarohati haqida fikr bildirdi. Eslatib o'tamiz, futbolchi fevral oyi oxirida jarohat olgandi, biroq keyinchalik maydonga qayta olmadi.
"Men to'rt oy davomida jarohatimni davoladim va bu ahmoqona jarohat edi. Qanday qilib olganimni ham tushunmadim. Endi bor kuchim o'zimga qaytganini his qilyapman", - deya Xadson-Odoi "Chelsi" rasmiy saytiga.
Eslatib o'tamiz, Kallum Xadson-Odoi o'tgan yozda Dortmundning “Borussiya” klubiga ijaraga berilishi mumkin edi, biroq “Chelsi” ustozi Tomas Tuxel angliyalik futbolchini sobiq jamoasiga qo'yib yubormagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201