So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Kasilyas yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 914
«Portu» darvozaboni Iker Kasilyas bugun, 1 may kuni yurak xuruji tufayli shifoxonaga yotqizildi.
Ertalabki mashg'ulotlar vaqtida 37 yoshli posbonda miokard infarkti kuzatilgan. Hozirda uning holati barqaror deb baholanmoqda, hayoti uchun xavf mavjud emas. Endilikda u mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.
Ma'lumot uchun, Iker 2015 yildan buyon «Portu» darvozasini qo'riqlamoqda. Bunga qadar uzoq yillar «Real»da o'ynab, uch marotaba EChLda g'olib chiqqan; 2010 yili Ispaniya milliy jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan.
Kasilyas bu mavsum Portugaliya chempionatining 31ta o'yinida qatnashib, 19ta gol o'tkazdi, EChLda esa 10ta uchrashuvda maydonga tushib, chorak finalgacha bo'lgan o'yinlarda 15 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqdi.
20 mayda 38 yoshga to'ladigan Kasilyas mart oyida «Portu» bilan shartnomasini keyingi mavsum oxirigacha muddatga uzaytirgan edi.