"Nyukasl" hujumdagi bo'shliqni yopish uchun variant topgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

"Nyukasl" "Everton" hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuinga qiziqish bildirmoqda.
Mavsum oralig'ida jamoa allaqachon 60 million evrodan ko'proq mablag' sarfladi, ammo klub hali ham hujumchi bilan bog'liq muammoni hal qila olmadi. Ugo Ekitike, Armando Broya, Aleksandr Isakning ingliz klubiga o'tishi mumkin edi, ammo bu transferlarning hech biri amalga oshmadi.
Endi "Nyukasl" e'tiborini Kalvert-Lyuinga qaratgan. Biroq, Liverpul klubi Risharlisonni "Tottenxem"ga sotganidan keyin "Everton" hujumchini qo'yib yuborishga tayyor emas.
Kalvert-Lyuin o'tgan mavsumda Premer-ligada 17 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222