Italyan klubi frantsuz futbolchisiga ko'z tikkan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Salernitana" "Brayton"ga hujumchi Nil Mope uchun taklif bilan chiqdi.
Transfer summasi 7-8 million evroni tashkil qiladi. Frantsiyalik hujumchining "Brayton" bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Ingliz klubi "Salernita"naning qiziqishiga hozircha javob bermadi.
Hujumchi 2019 yilda "Brentford"dan 14 million evro evaziga "Brayton"ga o'tgan edi. Oldingi uch yilda Mope ingliz klubining eng yaxshi to'purari bo'ldi, biroq uning o'yin vaqti yangi mavsumda sezilarli darajada qisqarishi mumkin, deb xabar beradi The Athletic.
Futbolchi o'tgan mavsumda Premer-ligada 32 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224