Lempardga belgiyalik yarim himoyachi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

"Everton" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Leander Dendonkerga qiziqish bildirmoqda, deb yozdi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning xabariga ko'ra, Mersisayd klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish imkonini ko'rib chiqmoqda. "Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard futbolchiga shaxsan qiziqmoqda.
27 yoshli Dendonker o'tgan mavsumda "bo'rilar" safida barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231