La Liga Mbappening "PSJ" bilan tuzgan yangi shartnomasini bekor qildirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

spaniya La Ligasi rahbariyati Parij ma'muriy sudida hujumchi Kilian Mbappening "PSJ" bilan shartnomasini bekor qilishni talab qilmoqda, deb xabar beradi L'Equipe.
Manba bergan xabarga ko'ra, La Liga frantsuz klublari hisoblarini kuzatishga mas'ul bo'lgan departamentning "PSJ"ga hech qanday da'vo yo'qligi haqidagi qarorini bekor qilishni so'ramoqda.
Ikkala ariza ham uzoq vaqt davomida mohiyati bo'yicha ko'rib chiqiladi. La Liga advokatining aytishicha, bu kutilgan edi.
"Bu bir necha oy ichida Evropa sudlariga borishdan oldingi birinchi qadam", - dedi Xuan Branko.
May oyi oxirida Mbappe PSJ bilan shartnomasini 2025 yilning iyuni oxirigacha uzaytirdi. Transfermarkt.com portali hujumchining narxini 160 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
226