"Real" bu transfer yoniga hech kimni yo'latmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 914

"Real Madrid" vakillari "Real Sosedad" rahbariyatidan hujumchi Aleksandr Isak bilan bog'liq vaziyatdan xabardor bo'lib turishlarini so'rashdi.
Oldinroq madridliklar Isak bo'yicha taklif bilan chiqmoqchi ekani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi, keyin esa poytaxt klubi bu masalani bir qancha muddatga to'xtatib turishga qaror qilgandi.
Biroq, "Real Madrid" shvetsiyalik hujumchining harakatlarini kuzatishda davom etmoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo. Agar boshqa klublar tomonidan qiziqish bo'lsa, "Real Madrid" futbolchi uchun kurashga aralashishga tayyor. Isakning narxi 90 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212