"Man Siti"ning raqibi bu poygadan chiqib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Lissabonning "Benfika" klubida to'p tepayotgan Alexandro Grimaldo yaqin orada klubini o'zgartirishi mumkin.
Himoyachiga Premer-liga klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda INews yozadi. Manbaning xabar berishicha, futbolchiga "Manchester Siti" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Shaharliklar" futbolchini "Brayton"da o'ynayotgan Mark Kukurelyaga muqobil sifatida ko'rmoqda. Gvardiola uchun qanot himoyachisi pozitsiyasi Aleksandr Zinchenko jamoadan ketganidan keyin muammoli bo'lib qoldi - ukrainalik "Arsenal"ga o'tadi.
Avvalroq Grimaldoga "Arsenal" ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Zinchenkoni qo'lga kiritgach, "kanonirlar" katta ehtimol bilan "Benfika" himoyachisi uchun kurashdan voz kechishadi.

Bosh sahifaga
213