Kutilganidek, Mane Salohni ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

O'tgan mavsumning eng yaxshi afrikalik futbolchisi sovrinini Sadio Mane qo'lga kiritdi.
Senegal terma jamoasi yarim himoyachisi Marokashdagi marosimda mukofotni oldi. “Bavariya”ga o'tgan vinger eng ko'p ovoz bilan “Liverpul”dagi sobiq jamoadoshi Muhammad Saloh (Misr) va “Chelsi” darvozaboni Eduard Mendini (Senegal) ortda qoldirdi.
Mane o'tgan mavsumda mersisaydliklar bilan Angliya kubogi va Angliya liga kubogini qo'lga kiritdi. Shuningdek, u "qizillar" bilan Chempionlar ligasi finaliga chiqdi va Premer-ligada ikkinchi o'rinni egalladi.
Fevral oyida Mane Senegal terma jamoasiga o'z tarixida birinchi marta Afrika Millatlar Kubogida g'olib chiqishga yordam bergandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262