Klopp: "Nunes bugun tanqidchilarining "og'zini yopdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Darvin Nunesning "RB Leyptsig" darvozasiga urgan to'rtta goli haqida fikr bildirdi.
“Hammamiz o'ylaymizki, agar futbolchi ko'p pul olsa, demak u bosimni his qiladi. Biroq ular biz kabi oddiy odamlar, ular robot emas. Nunes bugun tanqidchilarining "og'zini yopdi".
Futbolchilarning yangi avlodi ijtimoiy tarmoqlarda qolishadi, ular haqida yozilgan hamma narsani o'qishadi va aslida bu ular uchun unchalik muhim bo'lmasligi ham mumkin. Ammo bu hayot haqiqati”, - deydi Klopp.
"Qizillar" bosh murabbiyi Nunesning ushbu o'yini futbolchi haqidagi bahslarni to'xtatishning eng yaxshi usuli ekanligini aytdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
288