Allega hamdardlik bildirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Sebastyan Alle davolanishning birinchi bosqichini yakunladi.
Bir necha kun oldin futbolchining tanasida shish aniqlangan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda forvard kasalxonada yotgan suratini joylashtirdi: “Hammaga salom, men sizga 1-bosqich yakunlanganini bildirmoqchi edim!”
Futbolchi Dortmund jamoasi va shifoxona tibbiyot xodimlariga “qo'llab-quvvatlaganliklari va mehr-oqibati uchun” minnatdorchilik bildirdi.
Futbolchini sobiq jamoasi "Vest Xem" ham qo'llab-quvvatlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262