Ikki kanoechimiz Jahon kubogi bosqichlarida ishtirok etishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1365

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha terma jamoamiz vakillari ham oldinda turgan yirik musobaqalarga qizg'in hozirlik ko'rishmoqda. Yaqin orada har ikki yo'nalish bo'yicha qiziqarli musobaqalar kutib turibdi.
12 may kuni ikki kanoechimiz Vladlen Denisov hamda Suhnatillo Inogamov xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etish uchun Vengriyaga jo'nab ketishadi. Sportchilarimiz yig'in doirasida Polsha va Germaniyada o'tadigan Jahon kubogi bosqichlarida ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Yig'in 3 iyunga qadar davom etib, unda atletlarimizga tajribali murabbiy Aleksandr Ponamaryov ustozlik qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194