"Vest Xem" italiyalik futbolchi uchun katta summa taklif etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Sky Sports xabariga ko'ra, "Vest Xem" "Sassuolo"ga hujumchi Janluka Skamakka bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi.
"Bolg'achilar" 23 yoshli italiyalik uchun 40 million evro taklif qilishgan. Bonuslarni qo'shib hisoblaganda summa 7 millionga oshishi mumkin.
Manbaga ko'ra, italyan klubi rahbariyati hali ham futbolchining transferidan 50 million evro ishlab olishni kutmoqda.
2021/22-yilgi mavsumda Skamakka “Sassuolo” safida barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hujumchining italyan klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289