"Everton" Gallaxer uchun "Chelsi"ga taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

"Chelsi" yarim himoyachisi Konor Gallaxer yangi mavsumni "Everton"da boshlashi mumkin.
Football Insider xabariga ko'ra, Liverpul klubi "ko'klar"ga 36 million evrolik taklif bilan murojaat qilgan.
Gallaxer o'tgan mavsumni "Kristal Pelas"da ijara asosida o'tkazdi, u erda asosiy jamoa o'yinchisi edi va Angliya terma jamoasiga chaqirildi. Keyin u "Chelsi"ga qaytdi, ammo uning jamoadagi o'rni borasidagi savol haligacha noaniq. Londonliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel Gallaxerning iqtidoriga muxlislik qilsa-da, markaziy yarim himoyada raqobat kuchliligicha qolmoqda.
Futbolchi o'tgan mavsumda Premer-ligada 34 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271